Rossiyaga safarimiz çoğida imkon qadar turli kasb-kor bilan şuğullanib kelayotgan vatandoşlarimiz ila uçraşib, ular bilan suhbatlaşişga harakat qildik. U yerda, Özbekiston uçun mutlaqo yot bölgan hunar – muztaroşlik bilan şuğullanuvçi vatandoşimiz Jahongir Töyçiyev faoliyati bizda qiziqiş uyğotdi.
Ğirt jaydari bulunğurlik Jahongirning sözlariga köra, u 15 yildirki, Rossiyaga kelib-ketadi. Muztaroşlikni örganib, mohir usta bölib yetişgaç, mavsumiy kelib keta boşlagan. «Biroq, bungaça oson bölgani yöq, uzoq tarix», - deya hikoya qiladi Jahongir.
Jahongir dastavval quriliş kompaniyasida quruvçi bölib işlagan. Şu orada, yaşaş joyiga yaqin binoda muztaroşlik qiluvçilar işiga qiziqib qolgan Jahongir şu hunarni örganişga kirişgan. Balki, yuragim jiz etgandir, deydi u. Vatandoşimizning ta'kidlaşiça, inson biror maqsadni öz oldiga qöyar ekan, unga yetişmagunça har qanday qiyinçilikni yengib ötişi, maqsadga erişiş yölidagi turli xil tösiqlarga bardoş bera olişi kerak, şunga şay bölişi lozim.

«Birga işlaydiganlar ruslar edi. U vaqtlarda rus tilini ham yaxşi bilmas edim. Lekin, brat pomogi, deb sörab-sörab, harakat qilib, örganib oldim. Mana, endilikda, ularning örnida özim işlayapman. Avvallari boşliğim menga unçalik işonmagan bölsa, hozirda, eng murakkab va qiyin buyurtmalarni menga işonib topşiradi.

Qança-qança xalqaro tanlovlarga bordim. Bilasizmi, öşa tanlovlarda erkin mavzu bölib qolsa, vatanimdagi binolarning aksini yasaşga harakat qilaman. Çollarni yasaşga urinaman. Masalan, bir safar Registonni yasaganman. Şu vaqtgaça, lof bölmasa, 30-40tagaça tanlovda iştirok etgan bölsam, 2-öringaça oldim. Lekin, endi birinçi örinni olaman, deb öylayman. Vatanim bayroği kötarilib, Özbekiston, deya e'lon qilinganida odam özida özgaça bir faxr-iftixor hissini tuyadi. Nasib bölsa, fevral oyida Latviyada xalqaro tanlov böladi. Sport bölişi şart emas. Bu ham şu singari vatan dovruğini dunyoga taratişga hissa qöşadi», - deydi muztaroş.





















