Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi migrant bolalarni rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazmasdan maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.
Rossiyaning «Rosobrnadzor» tashkiloti migrant bolalarning rus tilini bilishini tekshirish uchun metodik materiallar va test tizimini tayyorlashni yakunlamoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko. Testlar 2025 yil 1 aprelda boshlanishi rejalashtirilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, tashkilotda baholash mezonlari tayyorlanmoqda va turli sinflar uchun turli darajadagi testlar talab qilinishi allaqachon aniq.
«Kelgusi yilning 1 aprelidan boshlab bunday ishlar mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida tizimli ravishda rivojlantiriladi», dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
U mezonlar haqida batafsil ma’lumot bermadi. Chernishenkoning qo‘shimcha qilishicha, har yili 155 mingga yaqin migrant bola rus maktablariga boradi.
11 dekabr kuni Rossiya Davlat dumasi migrant bolalarni rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazmasdan maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026