Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senati Kengaşining «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi Qöşma qarori bilan tasdiqlangan va 2020 yil 1 yanvardan kuçga kiradigan Nizomga köra endilikda oilaviy tadbirlar belgilangan qat'iy talablar asosida ötişi lozim.
Jumladan:
- töy, oilaviy tadbirlar, ma'raka va marosimlar (dafn marosimidan taşqari) faqat 1 kun böladi;
- ular soat 6:00-23:00 oraliğida ötkazilişi lozim;
- töylarda 200 nafargaça, oşda 250 nafargaça odam qatnaşişi mumkin;
- qöşaloq töyda 250 nafar, oşda esa 300 nafargaça odam qatnaşişi mumkin;
- kelin-kuyovning töyxonaga kelişi va ketişida 3tadan köp bölmagan yengil avtomaşinadan foydalaniş mumkin;
- dafn marosimlarida çeklanmagan odam qatnaşişi mumkin (marhum xotirasiga bağişlab yoziladigan ehson dasturxoni bundan mustasno);
- diniy ma'ruzalar belgilangan tartibda ruxsat olgan şaxslar tomonidan öqiladi;
- «kelin navkari», «çarlar», «ota kördi», «sep yoydi», «quda çaqirdi», «kuyov çaqirdi», «kelin çaqirdi», «toğora yuboriş», «pul soçiş» va hokazo işlarni ötkaziş mumkin emas;
- «yetti», «payşanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oşi», «pul tarqatiş», «mato ulaşiş» va hokazolarni ötkaziş mumkin emas;
- töyxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq şaxslar iştirokida oilaviy tadbirlar ötkaziş uçun albatta şartnoma tuziladi;
- tadbirlardagi boşlovçi (tamada) san'atkor, xonanda, videoçi, fotograf va boşqalar bilan şartnoma tuzilişi lozim;
- tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonanda (guruh) xizmat qilişi mumkin emas.
Içki işlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda fuqarolar örtasida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam va kamxarj ötkazişga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirişga, töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarning şuhratparastlik va dabdaba bilan ötkazilişining oldini olişga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni taşkil etişi, şuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta'minlaşi lozim.







