Iqtisodiyot | 11:52 / 31.12.2019
8084
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: Mahsuldor qatlamni radial yorish usuli qo‘llanilishi natijasida Talimarjon-11 qudug‘idan gazning sanoat oqimi olindi

Foto: EPSILON

Qatlamni radial burg‘ilash va gidravlik parchalash ishlaridan so‘ng Talimarjon-11 qudug‘ining kunlik debiti 250 ming kub. m ni tashkil etdi.

Yuqori samarali texnologiyaning qo‘llanilishi qatlamning xomashyo berish imkoniyatini va uglevodorodlar oqimini oshiradi.

Kompaniya konlardan qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida mazkur zamonaviy texnologiyani boshqa, shu jumladan qazib chiqarish murakkab hisoblanadigan konlarda ham qo‘llashni mo‘ljallamoqda.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid