Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an 200 ming qochoq Suriyadan Turkiyaga kelayotganini ma'lum qildi
Ayni vaqtda 200 mingdan ortiq suriyaliklar Idlibdan Turkiya chegarasi tomon yo‘l oldi, deb xabar berdi Hürriyet gazetasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga asoslanib.
"Hozirning o‘zida 200 mingdan 250 minggacha muhojir chegaralarimiz tomon kelmoqda", - dedi Erdo‘g‘an Anqarada qilgan chiqishi chog‘ida.
Turkiya prezidenti migratsiya inqirozini hal qilish uchun yetarlicha harakat qilmayotgan G‘arb davlatlarini tanqid qildi.
"Ularning resurslari biznikiga qaraganda ko‘p, ular nega qochoqlarni qabul qilmayapti?" – dedi Erdo‘g‘an.
Idlib – Suriyadagi muxolifat va ekstremistik guruhlar to‘plangan so‘nggi viloyat bo‘lib, ayni vaqtda Suriya hukumati qo‘shinlari ularga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
20:33 / 30.05.2026