Jahon | 22:07 / 02.01.2020
36886
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Olmaotadagi aviahalokat videosi e'lon qilindi   

Internetda Olmaotada Fokker 100 yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi videosi e'lon qilindi. 

Aviahalokat videosi YouTube’dagi Joella Horn kanalida joylashtirilgan. Voqea kuzatuv kameralarida qayd qilingan. Rolikda dastlab beton devorni va qor bilan qoplangan yo‘lni, so‘ngra soat 07:23:14’da samolyotning yerga qulagani va qorda sirpanib kelib, beton devorga urilganini ko‘rish mumkin.    

Bek Air aviakompaniyasining Olmaota-Nur-Sulton reysini bajargan samolyoti 27 dekabr tongida havoga ko‘tarilish vaqtida Olmaota aeroporti yaqinida qulagandi. Voqea vaqtida uning bortida 93 yo‘lovchi va ekipajning 5 a'zosi bo‘lgan. Aviahalokat 12 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid