Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» Kirill Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib olmoqda

Rossiyalik hujumchi Kirill Pogrebnyak Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiyaning championat.com sayti xabar bermoqda.
«1 yanvar kuni 27 yoshli futbolchi erkin agent sifatida Shvetsiyaning «Falkenberg» klubini tark etdi. Kirill Pogrebnyak bu klubda mart oyidan buyon to‘p surayotgandi.
Kirill hozirda Rossiyaning «Ural» klubi futbolchisi sanalmish, 36 yoshli taniqli hujumchi Pavel Pogrebnyakning ukasi sanaladi.
27 yoshli futbolchi faoliyatini 2011 yilda Rossiyaning «Tom» klubida boshlab, «Fakel», «Zenit-2» va «Baltika» klublarida ham to‘p surgan. Pogrebnyak Shvetsiya chempionatining joriy mavsumida 19 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ygan», deyiladi manbada.
Ma'lumot uchun, 2018 yilgi mavsumda Kirill Pogrebnyakning yana bir akasi himoyachi Nikolay Pogrebnyak ham Toshkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat boshlab, bor yo‘g‘i 2 o‘yinda maydonga tushib, jamoani tark etgandi.
Eslatib o‘tamiz, OChL saralash bosqichida to‘p suradigan «Lokomotiv» yaqinda yana bir hujumchi Marat Bikmayevni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Miyadagi fikrlarni ovozga aylantiradigan qurilma ishlab chiqildi
Sog‘lom hayot | 15:46
-
Toshkent viloyatida 2025 yil hisobidan ikkinchi marta issiq suv va issiqlik tariflari oshadi
Iqtisodiyot | 15:44
-
O‘zbekistonda yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati tasdiqlandi
Avto | 15:24
-
HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimoti
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma

16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi

16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?

18:04 / 20.10.2022