Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan»

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan tugagan operatsiya haqida fikr bildirdi. Bu Trampning operatsiya haqida ilk fikrlari bo‘ldi.
«Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagan, ammo hech muzokaralarda yutqazmagan», deb yozdi AQSh prezidenti.
Iran never won a war, but never lost a negotiation!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 3, 2020
Keyingi tvitlarida Tramp bevosita Qosim Sulaymoniy haqida yozdi.
«General Qosim Sulaymoniy minglab amerikaliklarni o‘ldirdi yoki jarohatladi. U yana ko‘pchilikni o‘ldirishni rejalashtirayotgandi, ammo qo‘lga tushdi! U millionlab odamlarning, jumladan Erondagi namoyishchilarning o‘ldirilishi uchun javobgar.
Eron buni tan olishni xohlamayotgan bir vaqtda Sulaymoniydan Eronning o‘zida qo‘rqishar va undan nafratlanishardi. Ular rahbarlari tashqi dunyoni ishontirishga urinayotgan darajada xafa emas. U ancha yillar oldin qo‘lga olinishi kerak edi», deydi Tramp.
Tramp navbatdagi postlarida Iroq ustidan nazorat haqida gapirdi: «AQSh Iroqqa har yili milliardlab dollar pul sarflayapti. Bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng ko‘p narsa. Iroqliklar ularni Eron nazorat qilishini xohlashmaydi, bu ularning tanlovi. So‘nggi 15 yilda Eron nazoratni tinimsiz oshirib bordi. Iroqliklar esa bundan xursand emas. Bu hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi».
2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy AQSh harbiylari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya oqibatida halok bo‘ldi. Uning mashinasi masofadan turib boshqariladigan dron yordamida o‘qqa tutilgan va Sulaymoniy halok bo‘lgan. Uning shaxsi qo‘lidagi mashhur uzugi yordamida aniqlandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat

15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar

02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov

00:26 / 06.11.2024