Jamiyat | 23:03 / 04.01.2020
40503
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Kitobni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

«Olmaota–Bishkek–Termiz» M39 xalqaro avtomagistralining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 2020 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilmoqda.

Shu boisdan, avtomobil yo‘lining mazkur dovondan o‘tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta’minlangunga qadar avtotransport vositalari egalariga A-378 «Samarqand–G‘uzor» avtomobil yo‘li orqali harakatlanishi tavsiya qilinadi.

Mavzuga oid