Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yaxshi ayol futbolchisi The Best mukofotini yo‘qotib qo‘ydi
«Lion» klubi va Fransiya ayollar terma jamoasi sardori Vendi Renar 2019 yilda FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi uchun olgan The Best mukofotini yo‘qotib qo‘ydi.
Futbolchining ma'lum qilishicha, u Parijdan Lionga yo‘lda poyezdda chamadonini unutib qoldirgan. Chamadondagi narsalari orasida esa uning France Football va The Best mukofotlari ham bo‘lgan.
Renat chamadoni yodiga tushib, ortiga qaytganda vokzal ma'muriyatidan olgan narsalari orasida The Best mukfoti bo‘lmagan. U mukofoti haqida biror-bir ma'lumotga ega barchadan u haqda ma'lum qilishni iltimos qilib qolgan.
29 yoshli Renar “Lion” tarkibida 11 marta Fransiya chempionatida, 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
22:55 / 16.12.2025
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:34 / 06.11.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 11 da’vogarni aniqladi
23:50 / 17.12.2024