Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi Trampning Eron bo‘yicha vakolatlarini cheklashni ko‘rib chiqadi
AQSh kongressi vakillar palatasi joriy haftada AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan harbiy harakatlar masalasidagi vakolatlarini cheklashga qaratilgan rezolyutsiya bo‘yicha ovoz beradi. Bu haqda vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi demokratlarga yo‘llagan maktubida ma'lum qilgan.
Pelosining maktubda ta'kidlashicha, AQSh harbiylarining eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘lishiga olib kelgan zarbasi “ig‘vogar va nomutanosib bo‘lgan”. “Bu harakatlar Eron bilan munosabatlardagi keskinlikning jiddiy chuqurlashishi bilan birga harbiylarimiz, diplomatlarimiz va boshqa shaxslarni xavf ostiga qo‘ydi. Bizning kongress a'zolari sifatidagi bosh majburiyatimiz AQSh xalqi xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Shu sababli biz ma'muriyat kongress bilan malahatlashmasdan, kongressning AQSh konstitutsiyasi bilan kafolatlangan harbiy vakolatlarini hisobga olmasdan bu harakatlarni amalga oshirganidan xavotirdamiz”, deb yozgan Pelosi.
Kongress Sulaymoniyga zarba berilishi haqida ogohlantirilmagan. The Washington Post nashrining yozishicha, Oq uy 3 yanvarda o‘tkazilgan operatsiya haqida kongressni 4 yanvarda xabardor qilgan. Ta'kidlanishicha, Oq uy tomonidan kongressga jo‘natilgan bu boradagi hisobot maxfiylashtirilgan va e'lon qilinishi-qilinmasligi noma'lum.
5 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh amerikalik fuqarolar va obektlarga har qanday hujumga javoban Eronga kuchli zarba berishi mumkinligidan ogohlantirgan. U Tehronga qarshi bunday qadamlar amalga oshirilgudek bo‘lsa, kongressni bundan rasman xabardor qilish shartmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
15:35 / 17.06.2026
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
10:30 / 17.06.2026