Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors'ning to‘rtta yangi modeli xorijdan olib kelib sotiladi
UzAuto Motors 2019 yil oxirida taqdimotini o‘tkazgan to‘rt rusumdagi avtomobilning barchasi xorijdan import qilinadi.
Jumladan, Tahoe va Traverse AQShdan, Trailblazer Tailanddan, Equinox esa Xitoydan keltiriladi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bu haqda 6 yanvar kuni «O‘zavtosanoat» rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.
«Bu – premium segment hisoblanadi. Bu segmentdagi avtomobillarning komplektatsiyasi juda boy. Bu avtomobillarni ishlab chiqarish, dunyo bo‘yicha, agar noldan boshlab chiqaradigan bo‘lsak, bitta modeli uchun 1 milliarddan 2 milliard dollargacha ketadi.
Biz bu avtomobillarni olib kirishimizdan maqsad nima? Bilasiz, 40 ming dollardan qimmat bo‘lgan avtomobillarga bojlar tushirilgandan so‘ng, tashqi bozordan aynan shu segmentdagi avtomobillar kirib kelishni boshladi. Shu segmentdagi BMW avtomobillarining kirib kelishi 2019 yilda bir yil oldingiga nisbatan 400 baravar, Toyoto 200 baravarga oshgan. Shuni o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng, biz shu Toyota va dunyodagi boshqa korxonalar bilan raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqdik. Birinchi bosqichda biz tayyor holda avtomobillarni bozordagi talabni o‘rganish uchun olib kiryapmiz.
Strategiyamizga asosan, agar shu avtomobillarimiz bilan bozorda o‘rnimizni topa olsak, sotuvlar ko‘lami ishlab chiqarish darajasiga yetganidan keyin, biz investitsiyalarni jalb qilgan holda bu avtomobillarni albatta ishlab chiqaramiz», – dedi «O‘zavtosanoat» AJ Savdoni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirsamukov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil davomida 40 ming dollardan yuqori «inomarka»larni O‘zbekistonga bojsiz olib kirish tartibi amal qildi, ammo 2020 yildan boshlab avvalgidek chetdan keltirilayotgan avtomobillarga dvigatel hajmiga qarab boj solinmoqda.
- «O‘zavtosanoat» rasmiylari monopoliyaga oid e'tirozlarga munosabat bildirdi
- UzAuto Motors yangi modellarining narxi rasman e'lon qilindi
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Yoshimni hisobga olsak – o‘ynamasam kerak». Messi JChga borishga ikkilanmoqda
Sport | 10:03
-
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli dorilarni olib kelganlar ushlandi
Jamiyat | 09:51
-
Donald Tramp JARdagi G20 sammitida qatnashmaydi
Jahon | 09:37
-
Xitoy delegatsiyasi 7 yilda birinchi marta Yevroparlamentga tashrif buyuradi
Jahon | 08:35
Mavzuga oid

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

16:09 / 15.05.2025