Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriyaga bordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaga tashrif buyurdi va Damashqda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin aeroportdan to‘g‘ri RF Qurolli kuchlari harbiylari joylashgan qo‘mondonlik punktiga yo‘l olgan, u yerda Putinni Asad qarshi olgan.
Davlatlar rahbarlari harbiylarning Suriyadagi holat haqidagi hisobotlarni tinglashgan.
Shundan so‘ng, ikki tomon delegatsiyalari muzokaralari boshlangan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Damashq ko‘chalarida tinch hayot tiklangani yaqqol ko‘rinib turganini e'tirof etgan.
Tashrif doirasida Putin Suriya hududidagi yana bir necha obektga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026