Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi
“Titanik” filmi yulduzi, mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi. Bu haqda Daily Mail ashri xabar berdi.
Voqea 2019 yil 30 dekabrda yuz bergan, biroq u haqida endigina ma'lum bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, amerikalik aktyor o‘z yaxtasida sevgilisi Kamila Morrone bilan birga Sen-Bartelemi oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Yaxta sardori kruiz layneri ortiga bir erkak tushib ketgani va u ancha vaqtdan beri suvda qolib ketgani haqida xabar olgan. Shunda aktyor erkakni qutqarish uchun yaxtasi yo‘nalishini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, aktyorning yaxtasi yordam haqida signal olgan yagona kema bo‘lgan. Yaxta sardori sayyohning qutqarilishini “milliarddan bir imkoniyat” deb atagan.
Mavzuga oid
09:04 / 25.02.2026
O‘zbekiston 2026 yilda 12 mln xorijiy mehmonni qabul qilishni rejalashtirmoqda
16:04 / 21.02.2026
Toshkentda xavfli retsidivist erkak hindistonlik sayyohning pulini tortib oldi
14:17 / 21.01.2026
O‘zbekiston 2030 yilgacha 20 mln sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda
10:09 / 12.11.2025