Viloyat rahbarining ma'lum qilişiça, murojaatlarning eng köpi uy-joy masalasida böladi.
«Hamma ham yaxşi yaşaşni istaydi va murojaat qiladi. Bizga uy-joy masalasida eng köp murojaat böladi. Ayniqsa, Karmana tumani va Navoiy şahridan bunday mazmundagi şikoyatlar soni nisbatan köp. Şunga qarab uy-joylar qurilişida hududlarga ham e'tibor beramiz.
Murojaatlar soni böyiça keyingi örinda bandlik masalasi turibdi. Aslida işsizlik muammosi dunyoning barça mamlakatida bor, jumladan, bizda ham. Respublikamizda işsizlik darajasi 8,9 foizni, Navoiy viloyatida 8,5 foizni taşkil etadi.
Sohadagi yana bir muammo — norasmiy iş örinlari bizda ham bor, misol uçun, ötgan yil davomida 38 ming ta norasmiy iş örinlarini legallaştirdik», deya Qobil Tursunovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda şuningdek, bugungi kunda respublikada aholi jon boşiga yalpi hududiy mahsulot, sanoat mahsulotlari, qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqariş, özlaştirilgan investitsiyalar hajmlari böyiça Navoiy viloyati birinçi örinni örinni egallaşi qayd etib ötildi.
Viloyat rahbarining ma'lum qilişiça, mazkur viloyat quriliş işlari, körsatilgan xizmatlar hajmi va çakana savdo aylanmasi böyiça ham yuqori poğonada — ikkinçi örin. Mahsulot va xizmatlar eksporti yönalişida Navoiy viloyati respublikaning eng yaxşi natijaga ega viloyatlari qatorida — uçinçi.
Navoiyda kimyo sanoati uçun fosforit rudasi, mineral tuz, çinni uçun kaolin rudasi, şişa va keramika sanoati uçun dala şpati va kvars, zargarlik buyumlari uçun feruza, opal, kaxolong kabi zaxiralari mavjud. Şuningdek, viloyat qator pardozbop toşlar, şişa xomaşyosi, sement, ohak, keramzitning katta zaxiralariga ega.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini şakllantiriş va amalga oşirişda ana şu zaxiralardan unumli foydalaniş rejalaştirilgan.
Dasturlar doirasida sönggi uç yilda, umumiy qiymati 7,9 trln söm miqdoridagi mablağlarni özlaştiriş hisobiga 2 678ta loyihalar amalga oşirilgan.












