“Navoiy” EIZ direksiyasi hamda Rossiya kompaniyasi örtasida uçuvçisiz samolyot tipidagi uçiş apparatlarini işlab çiqariş böyiça memorandum imzolandi. Bu haqda Kun.uz’ga “Navoiy” EIZ rahbari Habib Abdullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, loyihaning umumiy qiymati 30 mln AQŞ dollariga teng. Loyiha doirasida “Navoiy” EIZda kelgusi 3 yilda 100 ta samolyot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Ilk samolyot 2025 yil oktyabr oyida taqdim etiladi.
Habib Abdullayevga köra, işlab çiqarilgan mahsulotlar içki ehtiyojlarni ta’minlaş bilan birga boşqa davlatlarga ham eksport qilinadi.
Ma’lumot uçun, «Pervoye opytno-konstruktorskoye byuro» kompaniyasi tomonidan işlab çiqariladigan SP-30 yengil, 2 örinli samolyotlari asosan qişloq xöjaligi, öquv va sayyohlik parvozlari uçun möljallangan. Bunday turdagi samolyotlar 100 ot kuçiga ega bölib, tezligi 150 km/soatgaça yetadi.












