Navbahor tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf öquvçisi Öktamjon Samandarov bir neça fandan milliy sertifikatni qölga kiritdi. Bu unga oliygohga kiriş uçun maksimal ballni taqdim etadi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Öktamjon Samandarov çet tili, tarix, özbek tili va adabiyoti hamda matematika fanlaridan turli darajadagi milliy sertifikatlarga ega çiqqan. Bu orqali u 10-sinfdayoq talabalikni naqd qilgan.

Öktamjon Samandarov milliy sertifikatlarning barçasini joriy öquv yilida qölga kiritgan. Uning tarix fanidan milliy sertifikati B+, tarix fanidan milliy sertifikati A hamda özbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikati B darajaga ega.

Boşqarma ma’lumotiga köra, viloyatda önga yaqin maktab öquvçilari milliy sertifikatlar orqali 189 ball töplab, muddatidan oldin talaba bölişni uddalaşgan. Ular safida Navbahor tumanidagi 18-umumta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi Asliddin Abduraşidov, Karmana tumanidagi 9-umumta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi Javohir Nasriddinov, Navoiy şahridagi 8-umumta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi E’zoza Erkinova hamda 12-umumta’lim maktabining 11-sinf öquvçisi Malika Norqulova bor.

 

Öktamjon Samandarov 11-sinfni öqimasa böladimi?

 

Öktamjon Samandarov hali 10-sinf öquvçisi, ammo u talabalikni naqd qildi. Sababi, u qölga kiritgan milliy sertifikatlar 3 yillik muddatda amal qiladi. Ya’ni Öktamjon Samandarov 11-sinfni tugatgandan söng uşbu milliy sertifikatlar orqali OTMga qabul qilinadi. Şunday ekan, u 1 yil vaqtini ötkazmasdan 10-sinfda attestat olişi va öqişni talaba sifatida oliygohda davom etirişi mumkinmi?

Dunyoning köplab davlatlarida tezlaştirilgan ta’lim dasturlari mavjud. Bu orqali aqliy salohiyati va bilim darajasi yuqori bölgan öquvçilar kiçik yoşda ham talabaga aylanişi mumkin. Biroq Özbekistonda bu imkonsiz: belgilangan tartib böyiça öquvçi maktabni töliq öqişi kerak.