Bugun, 11 yanvar kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz böyiça debitor qarzdorlikni kamaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Kun.uz manbasining xabar qilişiça, unda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlari va aholini elektr energiyasi tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlaş va energiyasi resurslari uçun qarzdorlik holatlari muhokama etildi.

Jumladan, boş vazir energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş va öğirlik holatlariga töxtaldi. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib yetkazilayotgan katta miqdordagi zarar asosan issiqxona xöjaliklari va işlab çiqariş bilan boğliq bölgan sohalarga töğri kelayotganini ma'lum qildi.

Hukumat rahbari Qibray, Ohangaron, Sirdaryo, Yangiyöl, Samarqand, Yuqori Çirçiq, Urganç tumanlari va Angren, Navoiy şaharlarida tabiiy gazni talon-toroj qilib, davlatga milliardlab zarar yetkazayotgan ohak, ğişt, yoğ-moy işlab çiqariş korxonalarini nomma-nom sanab ötdi.

«Nima, öşa yerdagi gazçilar bilmaydimi buni? Yoki Majburiy ijro byurosi xodimlari qayerga qarayapti? Şerik-da! Şerik! Şunça pullik gazni bir kunda öğirlab bölmaydi-ku! 

Noqonuniy foydalaniş holatlarining kelib çiqişiga iste'molçilar bilan birga gaz ta'minoti korxonalari rahbar va xodimlari ham javobgar. Çunki gaz ta'minoti tizimiga adaşib kelib qolgan ba'zi nopok kimsalar noqonuniy iste'molçilar bilan tabiiy gazni talon-toroj qilişga yoki şaroit yaratib berişgan, yoki til biriktirib noqonuniy işlarga yöl qöygan», - degan Aripov.

Boş vazir soha mutaxassislaridan tadbirkorlarni kelgusida pişiq ğişt va ohak işlab çiqariş uçun tabiiy gaz berilişi töxtatilişi haqida xabardor qilişlarini söragan.

Şuningdek, yiğilişda barça hududlar rahbarlari tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, yirik miqdorda zarar yetkazgan iste'molçilarni aniqlab, ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borişi lozimligi ta'kidlandi.

Eslatib ötamiz, boş vazir Abdulla Aripov 2019 yil iyun oyi boşlarida farğonalik tadbirkorlar bilan uçraşuv çoğida yaqin orada mamlakatda ğişt işlab çiqariş töxtatilişini ma'lum qilgandi.

A.Aripov ğişt işlab çiqarişning tabiiy va iqtisodiy zarari köpligini bildirgan.