Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov farğonalik tadbirkorlar bilan uçraşuv çoğida yaqin orada mamlakatda ğişt işlab çiqariş töxtatilişini ma'lum qilgan.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, Boş vazirning Farğona viloyati Qöqon şahrida tadbirkorlar bilan uçraşuvi vaqtida tadbirkorlardan biri pişiq ğiştni eksport qiliş, işlab çiqariş quvvatini oşiriş uçun qöşimça imtiyozlar taqdim etilişida amaliy yordam söragan.
Hukumat rahbari bunga javoban tadbirkorlarga yuzlanib yaqin orada mamlakatda ğişt işlab çiqariş töxtatilişini ma'lum qilgan va bunga izoh bergan.
«Fursatdan foydalanib tadbirkorlarga şuni aytmoqçimanki, ğişt işlab çiqarişga zör beravermanglar. Yaqin orada mamlakatda ğişt işlab çiqariş töxtatiladi. Buning tabiiy va iqtisodiy zarari köp. Tuproqni qayta tiklab bölmaydi. Yerning unumdorligi pasayib ketadi. Gaz sarfi katta. Ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqori. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan taşqari, köplab davlatlar, xususan, Yevropa davlatlarida ğişt işlab çiqarişdan allaqaçon voz keçişgan. Buning örniga gazobeton, penobeton işlab çiqarişni kengaytiriş kerak. Imoratimiz sifatli böladi. Uyning haroratini me'yorda saqlaydi. Qulay tomonlari köp. Agar siz gazobeton, penobeton işlab çiqaraman desangiz, yordam berişga tayyorman», degan hukumat rahbari.
Ma'lumot uçun, Qöqon şahrida ötkazilgan tadbirkorlar bilan uçraşuvda jami 17 murojaat qabul qilingan. Şundan 9 tasi joyida öz yeçimi topgan bölsa, 5 tasiga yönaliş va tavsiyalar körsatilgan, 3 tasini hal etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.



















