Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki kishining o‘limi va ikki mashina yonishiga sabab bo‘lgan BMW haydovchisi topildi
2020 yil 9 yanvar kuni soat 23:17da Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida BMW hamda «Lasetti» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergandi.

YTH oqibatida BMW rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda «Lasetti» rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan va 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. IIBB BMW avtomobili haydovchisi YTH joyidan yashiringani haqida xabar bergandi.
Katta shov-shuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan bu hodisa bo‘yicha asosiy gumondor shaxsi aniqlangan va qo‘lga olingan. U mazkur avtomobil egasi K. M.ning o‘g‘li 30 yoshli Nurbek T. bo‘lgan. Hodisa yuz bergan paytda Nurbek mast holatda ekanligi narkologik ekspertiza xulosalariga ko‘ra tasdiqlangan. Hodisa natijasida BMW haydovchisi yengil tan jarohati olgani ham ma'lum bo‘ldi. Sud tomonidan gumondorga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini belgilangan. Tergov harakatlari davom etmoqda-, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
10:20 / 08.01.2026
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
14:50 / 06.01.2026