Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan badal to‘lamaganligi uchun BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi
Livan keyingi ikki yil davomida a'zolik badalini to‘lamaganligi sababli BMT Bosh assambleyasida ovoz berish huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Livan tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilindi.
Vazirlik bu borada taassuf bildirdi va Livandagi mas'ullarga zarur so‘rovlarni yuborganini ma'lum qildi.
"Ushbu holatda Livanning manfaatlari va nufuziga putur yetdi. Bu masala yaqin vaqt ichida hal etilishiga umid qilamiz", — deyiladi vazirlik tomonidan.
Ma'lum bo‘lishicha, Livan tashqi ishlar vaziri Jabron Basil moliya vaziri Ali Hasan Xalilga bir necha bor murojaat qilgan. Vazirlik o‘tgan yili qarzlarni to‘lash uchun 1,31 million dollar so‘ragan.
Livanda iqtisodiy va moliyaviy vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Prezident Mishel Aun oktabr boshida mamlakat moliyaviy qamal va sanksiyalardan aziyat chekayotganligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026