Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent shahridagi yangi Xalq qabulxonasini ko‘zdan kechirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasida bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari siyosatining asosi bo‘lgan xalq bilan muloqot tizimi aholi manfaatlarini ta'minlab, odamlarning hayotga, davlatga ishonchini mustahkamlamoqda.

Yaqinda Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 2-uyda yangi Xalq qabulxonasi binosi foydalanishga topshirildi. Bu yerda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va bajarish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni qabul qilish uchun xonalar, Davlat xizmatlari markazi shoxobchasi, “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti maslahat byurosi, tibbiy xizmat, ona va bola xonalari tashkil etilgan. Toshkent shahrida aholi ko‘pligi inobatga olinib, sohalar bo‘yicha bo‘limlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur muassasa bir kunda 200 nafargacha murojaatchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Prezident Xalq qabulxonasida yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.

– Bu yerga kelgan odam barcha savollariga javob topishi, Toshkent bu borada namuna bo‘lishi kerak, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:46 / 02.06.2026
Madaniyat, san’at va adabiyot sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar e’lon qilindi
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52 / 02.06.2026