Markaziy bank 2020 yil uchun inflatsiya prognozini ma'lum qildi

O‘zbekistonda 2020 yil uchun inflatsiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank ma'lumotida ko‘rsatib o‘tilgan.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning so‘zlariga ko‘ra, yil davomidagi inflatsiya darajasi 15 foizgacha yetishi ehtimoli ham yo‘q emas.
«Bizda maqsadli va prognoz trayektoriyalar bor. Prognoz trayektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar bo‘yicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflatsiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir xonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.
Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari ro‘y bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir o‘zgarish bo‘lsa ham, bu qisqa muddatli og‘ish hisoblanadi va biz yana maqsadli trayektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «O‘zbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2019 yilgi inflatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasida shakllanib, 15,2 foizni tashkil etgan edi.
Bundan oldin, inflatsiyani o‘lchashdagi asosiy mezonlardan biri – iste'mol narxlari indeksi 2020 yilda 12,5 - 13 foiz darajasida o‘sishi kutilayotgani ma'lum qilingandi.
- Inflyatsion target nega 5 foiz etib belgilanganiga izoh berildi
- Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy va muqobil ssenariysini e'lon qildi
- Markaziy bank inflatsiya pasayishi uchun bor mas'uliyatni bo‘yniga olishga tayyor – Ilhom Norqulov
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YouTube jonli efir o‘tkazish uchun minimal yosh talabini oshiradi
Jahon | 20:46
-
Xitoylik olimlar infeksiyalarni davolovchi mikrorobot yaratdi
Fan-texnika | 20:38
-
Andijon va Jizzaxda tibbiyot birlashmalariga pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:04
-
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 19:36
Mavzuga oid

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi

10:10 / 17.06.2025