Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligiga tasdiqlandi

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi va Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari O.Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod 22-O‘rtayop saylov okrugidan saylangan deputat Ermanov Farxod Urazboyevichning nomzodini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi.
Sessiyada so‘zga chiqqan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari rahbarlari Prezidentimiz tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan Farhod Ermanov nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldor ustidan tergovga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jahon | 19:16
-
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Jahon | 18:37
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
Mavzuga oid

12:03 / 26.12.2022
Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

12:20 / 17.12.2022
Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi

12:50 / 16.02.2022
«Har bir xonadonda 5 tup mevali va 5 tup manzarali daraxt ekiladi» - Farhod Ermanov aholiga murojaat qildi

18:11 / 20.01.2022