Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning «qiyomat kuni» samolyoti ichidan namoyish qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlarining havo qo‘mondonlik punkti E-4B Nightwatch samolyoti ichidan namoyish qilindi. «Qiyomat kuni» samolyoti deb ham ataluvchi qo‘mondonlik punkti uzoq masofalarga uchuvchi, ikki palubali Boeing 747-200 yo‘lovchi samolyoti negizida yaratilgan.
Bugungi kunda AQSh armiyasida bunday samolyotdan to‘rtta bor. Ular mamlakatning birinchi shaxslari – prezident, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boshqa a'zolari uchun yadro urushi boshlanishi, yerdagi boshqaruv tuzilmalari esa vayron bo‘lgan vaziyat uchun mo‘ljallangan. Shunda ushbu samolyotlar qo‘mondonlik punktlariga aylanadi.
Videoda samolyotning yuqori va o‘rta palubalari ko‘rsatilgan. Bu yerda har bir ish o‘rni kompyuter, aloqa vositalari bilan jihozlangan. Shu yerning o‘zida dam olish va uxlash mumkin.
Samolyotda, shuningdek, maslahatlashuvlar xonasi va oshxona bor. E-4B’da yonilg‘i quyuvchi samolyotlardan yonilg‘i olishga mo‘ljallangan qurilma ham o‘rnatilgan. Buning evaziga samolyot bir hafta havoda qolishi mumkin.
E-4B Nightwatch’ning ilk parvozi uzoq 1973 yil iyunida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026