Ijtimoiy tarmoqlarning bugungi eng köp muhokamalarga sabab bölayotgan mavzusi heç şubha yöqki, bu Özbekiston Respublikasining «Savdo-sanoat palatasi töğrisida»gi qonunga özgariş kiritiş töğrisidagi loyiha bölmoqda.
Uşbu muhokamalarda aytilayotgan fikrlar va özim guvohi bölgan voqea-hodisalarni jamlab, mazkur qonun loyihasi, umuman, Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga doir xulosalarim bilan bölişişga qaror qildim.
Savdo-sanoat palatasi nima özi?
Palataning rasmiy saytidagi ma'lumotga köra, u quyidagi maqsadlarda tuzilgan:
- Tadbirkorlik taşabbusini amalga oşiriş uçun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy şart-şaroitlarni ta'minlaş;
- Biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari va boşqa organlar va taşkilotlar örtasida özaro manfaatli şeriklikni rivojlantiriş;
- Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş;
- Işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaşga har tomonlama kömaklaşiş;
- Tadbirkorlik sub'yektlarining taşqi iqtisodiy faoliyatini barça çoralar bilan qöllab-quvvatlaş.
Endi ayting-çi, sönggi marta savdo-sanoat palatasi biror tadbirkorlik sub'yektiga kömaklaşganini qayerda eşitgansiz?
Masalan, uşbu maqolada qonun talabi va ustav maqsadlariga köra asosiy vazifasi tadbirkorlikni, eng avvalo kiçik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga kömaklaşiş bölgan palata, tijorat bankining manfaatini közlab, andijonlik bir tadbirkor muqarrar yöqlik sari yuz tutişiga sababçi bölgani hikoya qilingan.
Ayrim hollarda, amaliyotda SSP kredit mojarolarida tijorat banklarining manfaatlarini közlab sudga da'vo ariza kiritadi va boşqa bir sub'yektlarning xonavayron bölişida boş-qoş böladi. Tadbirkorning himoyaçisi ekan, uning faoliyatini izdan çiqarişga emas, balki şu muammodan çiqib ketişiga yordam berişi kerak emasmi aslida?
Tadbirkorlar qança pul tölaşadi?

















