Loyihaning asosiy maqsadi – mamlakatdagi kambağallikni qisqartiriş siyosatini qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini ommalaştiriş. Dasturning ilk sonida qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi Safia korxonasining iş faoliyati va ijtimoiy taşabbuslari haqida ma’lumot berildi. Korxonada 150 nafar «Temir daftari»da turgan va yana 55 nafar nogironligi bölgan şaxslar iş bilan ta’minlangan.
Safia rahbari korxonaning maqsadlari haqida söz yuritib: «Hamma gap tadbirkorlarda. Tadbirkorlar bitta-bitta birlaşib kambağallikni yöq qilib yuborsa böladi», — dedi.
Ta’kidlaş joizki, korxona 2024 yilda Qozoğistonga 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. 2025 yilda esa bu körsatkiçni 4 million dollarga yetkazişni, şuningdek, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarbayjonda öz savdo nuqtalarini oçişni rejalaştirgan. Bu rejalar orqali yuqori daromadli iş örinlarini yaratiş va eksport salohiyatini yanada oşiriş közlangan.
Reklama











