7 noyabr kuni Kun.uz sayti orqali «Oliy sudgaça yugurtirilgan tadbirkorlar. Farğona şahar hokimligi nega mulkni tortib olmoqçi böldi?» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda 25 yil muqaddam xususiylaştirilgan köçmas mulk obektlari Farğona şahar hokimligi zaxirasiga tortib olingani, şahar va viloyat sudlarida hal bölmagan bu masala Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati qarori bilan tadbirkor foydasiga hal etilgani bayon qilingan edi.
Köp ötmay viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga uşbu maqolaga nisbatan Farğona şahar hokimligi bayonoti joylaştirildi.
Iş hujjatlarini qayta örganiş va ularni hokimlik bayonoti bilan soliştirib köriş natijasida voqea-hodisalarning mutlaqo kutilmagan yangi tafsilotlariga duç keldik.
«Constant Trading» MÇJ şaklidagi qöşma korxona tasarrufida bölgan Farğona şahar, B.Marğiloniy köçasi 139-uy manzilidagi bino-inşootlar hokimlik zaxirasiga olinişi bilan boğliq hujjatlardan aynan şu mulkni qanday yöl bilan bölmasin tadbirkordan olib qöyişga axd qilinganini köriş mumkin. Bu uçun hokimlik bir emas bir neçta reja böyiça harakat qilgan.
«A» reja – sud orqali «hujum»
Farğona şahar hokimligi Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş Davlat qömitasi Farğona viloyat boşqarmasining nizoli davlat mulkini notöğri baholaş bilan boğliq davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştirişda ifodalangan harakatini noqonuniy deb topiş, uning 1997 yil 3 noyabrda çiqargan 0823x(1)-sonli buyruği va 1994 yil 23 noyabrdagi 4279-sonli davlat orderini haqiqiy emas deb topiş töğrisida ma'muriy sudga 2019 yil 2 iyulda, ya'ni davlat mulki davlat tasarrufidan çiqarilib, korxonaning taşkiliy-huquqiy şakli va mulkdorlari bir neça marta özgarib, oradan 25 yil ötganidan keyin ariza bergan.
Dastlab hamma iş risoladagidek ketdi, Farğona şahar ma'muriy sudi gap-sözsiz şahar hokimi Hamidjon Habibiddinovning talabini qondirdi, tarmoq sudining viloyat instansiyasi öz «vazifasini a'lo darajada uddalab» quyi sudyaning qarorini töğri, deb topdi. Apellyatsiya instansiyasi 2019 yil 29 avgustda qaror qabul qildi va u öşa kundan kuçga kirdi.
Mavzuga oid
Reja böyiça «Constant Trading» MÇJ şaklidagi qöşma korxona tasarrufida bölgan Farğona şahar, B.Marğiloniy köçasi 139-uy manzilidagi bino-inşootlar sudning mazkur qaroriga asosan hokimlik zaxirasiga olinişi lozim edi. Biroq, hokimlik quyi instansiya sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlar Oliy sudda «sinib» ketişi ehtimoli borligini anglagan holda «A» rejadan voz keçib «B» rejaga ötdi.
«B» reja – jonga oro kirgan hukumat bayoni
Sud qarori bilan mulkni zaxiraga olsammi, olmasammi deb öylanib turgan hokimlikning joniga Boş vazirning birinçi örinbosari raisligida ötkazilgan yiğiliş bayoni oro kirdi. Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov tomonidan 6 sentabr kuni imzolangan Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlar töğrisidagi 53-sonli bayonga asoslanib Farğona şahar hokimi 19 sentabr kuni özining 965-sonli qarorini imzolaydi.
Qator kamçiliklarga yöl qöyilgan holda qabul qilingan mazkur qaror «Constant Trading» MÇJ şaklidagi qöşma korxonaning Farğona şahar, B.Marğiloniy köçasi 139-uy manzilidagi bino-inşootlari hokimlik zaxirasiga olinişiga asos böldi.
Hukumat bayoni va hokim qarori örtasidagi ayrim nomuvofiqliklarga töxtalsak.
Hokimning uşbu qarori 1-ilovasi beşinçi bandiga köra, mulkdor «Silver Silk Company» MÇJ deya e'tirof etilgan Farğona şahar, «Ibrat» MFY, B.Marğiloniy köçasi 139-uydagi Ipakni qayta işlaş korxonasi hokimlik zaxirasiga qaytarilişi belgilangan. Biroq, hukumat bayoni bilan tasdiqlangan hujjatda (2-ilova) esa bu manzil ança boşqaça – Farğona şahar, «Soy böyi» MFY, Al-Farğoniy köçasi deb körsatilgan.
Aynan şu obekt 2015 yildan buyon foydalanilmasdan yotgan korxona sifatida körsatilib, bayonga kiritiş uçun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilganining özi alohida örganiş talab etadigan masala. Çunki, mavjud dalillar şuni körsatmoqdaki, «SILVER SILK COMPANY» qöşma korxonasi 2007 yildan 2017 yil yakuniga qadar töxtovsiz işlab, eksport rejasini ortiği bilan bajarib kelgan.
Sud ostonalarida zoye ketgan umr
Maqolani öqiy turib öquvçida tabiiy bir savol tuğiladi: «Tadbirkorning şunça vaqt sudma-sud yugurgani va Oliy sudda adolat qaror topgani qayoqqa ketdi?». Buning javob aniq – HAVOGA!
Çunki hokimlik erta bir kun sinişi mumkin bölgan rejasidan voz keçib, mulkni tortib olişning boşqa «usuli»dan foydalangan edi.
Hokimlikdagilar ham boşqalar qatori davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsiz ekanligini, xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmasligi va bekor qilinmasligini va eng muhimi - öz da'vosi ğayriqonuniyligini bilişardi.
Şu örinda hokimning 965-sonli qarori qonuniymidi, degan savol tuğiladi. Bunga huquqiy baho beriş fikridan yiroq bölgan holda masalaning ayrim jihatlariga töxtalmoqçimiz.
«Constant Trading» MÇJ şaklidagi qöşma korxonaning Farğona şahar, B.Marğiloniy köçasi 139-uy manzilidagi bino-inşootlar qanday qilib Vazirlar Makhkamasi yiğiliş bayoniga kirib qolgani hozirça bizga qoronği. Biroq, şu bayonda aks etişi ham amaldagi qonun hujjatlariga zidligiga şubhalar yetarliça topiladi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 iyuldagi «Farğona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşirişni jadallaştiriş va sanoatni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 617-son qaroriga muvofiq «Constant Trading» MÇJga 2020 yil 1 martga qadar jami 83 mlrd sömlik investitsiya jalb etiş majburiyat yuklatilgan.
Qolaversa, Konstitutsiya va qonunlarga köra, Özbekistonda xususiy mulk daxlsizdir va uni normativ huquqiy hujjat kuçiga ega bölmagan hukumat yiğilişi bayoni bilan qandaydir investitsiya yoki işlab çiqarişga oid majburiyatlarni bajarmaganlik uçun tortib olişga yöl qöyilmaydi.
Endi hokimlikning bayonoti haqida ikki oğiz
Guvohi bölganingizdek, hokimlik tadbirkor mulkini tortib oliş uçun dastlab ma'muriy sudlarni işga soldi. Qaysidir ma'noda natijaga erişdi ham. Biroq yakunda sud qaroridan «yuz ögirib», Vazirlar Mahkamasi yiğiliş bayoniga asosan tadbirkor mulkini hokimlik zaxirasiga oldi.
Biroq, bayonotda xususiy mulkning tortib olinişiga asos bölgan hukumat bayoni haqida lom-mim deyilmadi. Aksinça, mulkni zaxiraga oliş jarayonlariga mutlaqo aloqasi bölmagan, qolaversa Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati qarori bilan bekor qilib taşlangan sud qarorlarini nazarda tutib, öz nuqtayi nazarida qat'iyligini bildirdi. Kim bilsin, hokimlikning bu qadar komil işonç ila bayonot berişi, hatto Oliy sud qarorini pisand qilmasligi ortida qanday kuçlar yaşiringan ekan? Balki, hokimlikning ayni masala böyiça siz-u bizga ma'lum bölmagan «V» rejasi ham bordir...
Bayonotdagi yana bir mantiqsizlikka qarang: «Constant Trading» qöşma korxonasi öz faoliyatini yölga qöyişda yana bir qonunbuzarlik holatiga yöl qöygan. Farğona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining bizga ma'lum qilişiça, korxona davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olmay turib faoliyat olib borgan».
Şunday ekan, nega bu haqda sudga kiritilgan da'vo arizasida yoki mulkni olib qöyiş töğrisidagi 965-sonli qarorda biror narsa aytilmagan? Bu gaplar nega endi esga tuşib qoldi, bu gaplar tirnoq ostidan kir qidirişdek holatni esga solmayaptimi?
Sud ostonasiga qaytgan umr
Yuqorida tadbirkor hokimlikning bema'ni da'vo arizasi ortidan qariyb 6 oy vaqtini sud idoralarida sarson ötkazgani va adolat Oliy sudda qaror topgandek bölgani haqida aytdik. Biroq hammasi qaytadan boşlandi. «Omadi çopgan» hokimlik xuddi sezgandek mulkni sud qarori bilan emas, boşqa asosga köra zaxiraga olgan edi. Tabiiyki, Oliy sud tiklagan adolat aslida adolat bölib çiqmadi.
Tadbirkor hammasini qaytadan boşladi. Ayni kunda uning Farğona şahar hokimi 2019 yil 19 sentyabrda çiqargan 965-sonli qarorni haqiqiy emas topiş töğrisidagi arizasi Quva tuman ma'muriy sudida körib çiqilmoqda.
Xotima
Darvoqe, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil hamda Özbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tadbirkor tarafida. Ular ham hokimlik xato yöl tutayotganini tasdiqlagan.
Yana bir gap. Kuni keça Prezident qabul qilgan qarorga köra endilikda davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalarini, şu jumladan, obektlarning qiymatini baholaş natijalarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş masalalari yuzasidan davlat organlari, şu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudlar tomonidan taşabbus bilan çiqiş xususiy mulk daxlsizligini buziş sifatida baholanadi hamda bunday işlar körib çiqiş uçun qabul qilinmaydi.
Barça masalalarda bölgani kabi yakuniy, jumladan adolatli sözni odil sud aytadi, degan aqidaga sobit qolgan holda voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.