21:48 / 18.01.2020
13
90391

O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda

18 yanvar kuni bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) siyosiy kengashining yig‘ilishida so‘zlagan nutqida 2025 yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«2025 yilga kelib, O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini va uni to‘liq qayta ishlashni to‘xtatish, shuningdek qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘radi», dedi hukumat rahbari.

Abdulla Aripov, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidladi.

Bundan tashqari, u joriy yil oxirigacha barcha iste'molchilar uchun elektron gaz va elektr hisoblagichlari o‘rnatilishi haqida gapirdi.

«Bu energiya sarfini kamaytiradi va to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi», - dedi bosh vazir.

Ma'lum qilinishicha, 2030 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 baravar, tabiiy gaz ishlab chiqarish 1,2 baravar va ko‘mir ishlab chiqarish 3,3 baravar oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top