Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ rahbari jahon iqtisodiyotiga yangi Buyuk tushkunlik xavf solayotganini aytdi
Xalqaro valuta jamg‘armasining (XVJ) taqsimlovchi direktori Kristalina Georgiyeva ijtimoiy notenglik va moliya sektoridagi beqarorlik sababli jahon iqtisodiyotiga yangi buyuk tushkunlik xavf solayotganini aytdi.
Kristalina Georgiyeva
Peterson jahon iqtisodiyoti institutida chiqish qilar ekan, Georgiyeva XVJning yangi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, hozirda 1920-yillarda boshlangan va 1929 yilda bozorlar inqirozi bilan yakunlangan holatga o‘xshash vaziyat kuzatilmoqda.
Uning aytishicha, keyingi 20 yil davomida davlatlar o‘rtasidagi notenglik kamaygan, ammo bir davlat ichidagi fuqarolar o‘rtasidagi tafovut ancha kuchaygan.
"Masalan, Buyuk Britaniyada eng qashshoq 50 foiz fuqaro qancha boylikka ega bo‘lsa, eng badavlat 10 foiz fuqaro xuddi shuncha boylikka ega. Aholining eng boy va eng qashshoq qatlami orasidagi tafovut rekord darajaga yetmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
XVJ rahbari iqlim muammolari va savdo proteksionizmi kelgusida yanada katta ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
11:30 / 10.12.2025