Lavozimiga qayta tayinlangan Shuhrat G‘aniyev yana tanqid nishoniga aylandi
18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshliq viloyat mutasaddilari So‘x tumanining Cho‘ng‘ara qishlog‘ida bo‘ldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tashrif «anklav hududdagi fuqarolarning turmush tarzini o‘rganish, ularni ijtimoiy himoya qilish, muammolarini hal etish maqsadida» amalga oshirilgan. Xabarga o‘nlab suratlar ilova qilingan bo‘lib, ulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda salbiy reaksiyani vujudga keltirdi.
Cho‘ng‘ara qishlog‘ida olingan suratda viloyat rahbarlarini kutib olish uchun qo‘liga non tutqazilgan maktab yoshidagi qizning havo sovuq bo‘lishiga qaramay boshyalang va qalin ustki kiyimsiz, milliy libosda turganini ko‘rish mumkin. Vaholanki, holatni olqish bilan kuzatayotgan tomoshabinlar, xususan Shuhrat G‘aniyevning o‘zi ham qalin ustki va bosh kiyimda.

Surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib chiqardi. Foydalanuvchilar viloyat hokimi o‘z qizini hech qachon sovuq havoda bunday yengil kiyimda turishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi, deya fikr bildirishmoqda.
«Bechora qiz, qancha vaqt sovuqda turgani bizga noma'lum», deb yozadi Facebook foydalanuvchilaridan biri.
«Shartta bosh kiyimi bilan paltosini yechib, qizchaga kiydirib qo‘yganida edi, non yemasdan...» – degan boshqa bir yuzer.
Ijtimoiy tarmoqda, shuningdek, bu vaziyatda hokimni ayblash noto‘g‘ri bo‘lishi, holat uchun mahalliy rahbarlar mas'ul ekanini aytayotganlar ham topiladi. O‘z navbatida, hokim ham qizni ko‘rgani hamon mutasaddilarni koyib bergan bo‘lishi lozim edi, deb hisoblayotganlar ham yo‘q emas.
Muhokamalar ortidan Farg‘ona viloyati hokimligi rasmiy saytidagi surat olib tashlangan, ammo fotoni viloyatning Oltiariq, Furqat, Bag‘dod va Dang‘ara kabi tumanlari hokimliklarining rasmiy saytlaridan topish mumkin.
Rasmiy xabarga ko‘ra, So‘x tumanidagi Cho‘ng‘ara qishlog‘ida 240ta xonadon bo‘lib, bu yerda 1400 nafar fuqaro yashaydi.
Shuhrat G‘aniyev tashrifi davomida xotin-qizlar uchun 34ta tikuv mashinasi, qishloqdagi yagona maktab uchun 50ta kompyuter jamlanmasi, 2 mingta kitob, sport anjomlari va musiqa asboblari sovg‘a qilingan.
Bundan tashqari, qishloq vrachlik punktiga dori vositalari va tibbiy anjomlar keltirilib, cho‘ng‘araliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan; qator mehnatkashlarga sanatoriyalar yo‘llanmasi berilgan. Qishloqda yangi bog‘cha va do‘kon tantanali suratda ochilib, barcha xonadonlarga suyultirilgan gaz baloni bepul tarqatilgan. Infratuzilmaga oid boshqa loyihalarga ham kirishilib, fuqarolar murojaatlari hal etilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
O‘zbekiston | 15:42
-
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Jahon | 15:31
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi

16:07 / 24.02.2025
Toshli tuman - Toshloqdan reportaj

15:51 / 24.02.2025
Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi

20:13 / 14.02.2025