O‘zbekiston | 21:44 / 20.01.2020
65983
3 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyat hokimligi Cho‘ng‘aradagi holat yuzasidan tushuntirish berdi

Farg‘ona viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan surat bo‘yicha izoh berdi.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev 18 yanvar kuni So‘x tumanining Cho‘ng‘ara qishlog‘ida bo‘lib qaytgan edi. Uni kutib olish uchun qo‘lida non bilan chiqqan maktab yoshidagi qizning havo sovuq bo‘lishiga qaramay milliy kiyimda ekani tanqidlarga sabab bo‘lgandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik axborot xizmatining rasmiy munosabatida G‘aniyevning tashrifi chog‘ida qishloqda qilingan ishlar sanalib, qizcha «atigi 1-2 daqiqaga» hovliga chiqqani aytiladi.

Ta'kidlanishicha, hokim hech kimga bunday kutib olish haqida topshiriq bermagan.

Rasmiy bayonot yakunida «barchaga hayotdan hikmat izlash» tilagi bildirilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid