Milliy muzey fondining elektron katalogi joriy etiladi
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston davlat amaliy san'at muzeyi, Oybek uy-muzeyi va I.V. Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida sinov tariqasida elektron katalog tizimini joriy qildi.
Elektron katalogizatsiya ikki bosqichda joriy etiladi. Birinchi bosqich faqat muzey xodimlari uchun mo‘ljallangan ichki elektron katalog tizimidir. Ushbu elektron katalog muzeyning ichki hisobotlarini boshqarishga va maxsus dastur orqali muzey eksponatlari bo‘yicha hujjatlar tuzishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondining elektron katalog tizimini joriy etish Museum Plus dasturiy ta'minoti yordamida amalga oshiriladi. Ushbu dastur Shveytsariyaning "Zetcom" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Museum Plus platformasidan Luvr muzeyi, Nyu-York shahri muzeyi, Shimoliy-g‘arbiy madaniyat va san'at muzeyi kabi ko‘plab mashhur muzeylar ham foydalanadi.
Muzey va Jamg‘arma xodimlariga mazkur dasturdan foydalanishni o‘rgatish maqsadida "Zetcom" kompaniyasining mutaxassislari tomonidan treninglar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar tinglovchilarga Museum Plus platformasi bilan ishlashni o‘rgatishdi.
Ikkinchi bosqichda tashqi virtual galereya - muzeylarning kataloglari joylashgan saytni yaratish rejalashtirilgan. Mazkur sayt barcha internet foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lib, unda eksponatlarni yuqori sifatda tomosha qilish, shuningdek har bir muzeyning asosiy ekspozitsiyasidagi eksponatlarning ta'rifi va tarixi bilan tanishish imkoni bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi

23:08 / 27.08.2024
Isroilda ota-onasi bilan muzeyga kelgan bola 3,5 ming yillik ko‘zani sindirib qo‘ydi

15:24 / 12.10.2022
«Muzey, ochiq kutubxona va anjumanlar zali» – Islom sivilizatsiyasi markazi qachon bitadi va unda nimalar bo‘ladi?

21:45 / 24.08.2022