O‘zbekiston | 19:29 / 21.01.2020
6811
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: Ernazar-17 yangi ekspluatatsiya qudug‘idan kunlik debiti 150 ming m³ bo‘lgan gaz olindi

Foto: EPSILON

Joriy yilning 21 yanvar kuni quduqni burg‘ilash ishlaridan, jumladan uning 153 metr uzunlikdagi qismini qiyalatib yo‘naltirilgan burg‘ilashdan so‘ng gazning sanoat oqimi olindi.

Mazkur texnologiya quduqdan uglevodorodlar olinishida uning sermahsul maydonini kengaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» bilan hamjihatlikda «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishidagi quvurlar qurilishi davom etmoqda.

21 yanvar holatiga ko‘ra:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 122,1 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 77,2 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 151,8 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 205,3 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 123,3 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid