Yangi tipdagi koronavirusdan qanday himoyalanish mumkin?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyda tarqalgan yangi tipdagi koronavirusdan qanday himoyalanish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tegishli tavsiyalar tashkilotning Twitter’dagi sahifasida e'lon qilingan.
JSST mutaxassislari koronavirusdan himoyalanish uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya qilishgan:
- qo‘llarni sovun bilan yuvish yoki spirtli asosdagi vositalar bilan artish;
- yo‘talganda yoki aksirganda og‘iz va burunni dastro‘mol yoki bilak bilan yopish;
- shamollash va gripp alomatlariga ega odamlarga yaqinlashmaslik;
- go‘sht va tuxumni iste'mol qilishdan oldin termik qayta ishlash;
- yovvoyi hayvonlar va chorva bilan himoyalanmagan aloqalardan qochish.
Xitoyda 2019-nCoV koronavirusi bilan chaqiriluvchi zotiljamdan vafot etganlar soni 17 nafarga yetdi. Hozirda Xitoyda JSST mutaxassislari ish olib bormoqda. Virus Xitoy tashqarisiga chiqib, u bilan kasallanganlik holatlari Janubiy Koreya, AQSh, Tailand, Singapur, Hongkong va Avstraliyada qayd etilgan.
Avvalroq virus Rossiyaga ham yetib borgan bo‘lishi mumkinligi, Shanxaydan Sankt-Peterburgga kelgan bir yo‘lovchi ushbu kasallikka chalinganlik alomatlari bilan shifoxonaga olib ketilgani ma'lum qilindi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, chegaralarda sanitar-karantin punktlari orqali o‘tayotganlarning sifatli tibbiy-sanitar ko‘rikdan o‘tkazilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zotiljamga yoki boshqa o‘tkir respirator kasalliklarga chalinganlar shifoxonaga joylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024