Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: Belarus hech qachon biror davlatning qismi bo‘lmaydi
Foto: president.gov.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlati hech qachon biror boshqa davlat, hattoki “qardosh Rossiya”ning bir qismi bo‘lmasligini, belaruslar buni qabul qila olmasligini aytdi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi.
“Bizda o‘z davlatimiz bor. Biz suveren va mustaqilmiz. Biz o‘z ongimiz va qo‘llarimiz bilan nimaga qodir bo‘lsak, shunga erishdik, o‘z davlatimizni qurmoqdamiz. Va biz biror boshqa davlat qismi bo‘la olmaymiz. Men sizga xiyonat qilib, Belarusni yoyib yubora olmayman, hattoki qardosh Rossiyada”, deb aytgan Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda “Belarusda buni hech kim qila olmasligini” aniq-ravshan aytgan.
“Agar men bunga borsam ham, belaruslar bu qarordan bir yil o‘tmasdan meni yeb tashlashadi”, deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
“Men Belarusning so‘nggi prezidenti bo‘lishni istamayman. Birinchisi bo‘lish faxrli, biroq oxirgisi bo‘lishni istamayman. Men farzandlarimiz bu bir parcha yerda tinch-totuv yashashlarini istayman. Ruslar, rossiyaliklar bilan inoqlikda. Ular bizga begona emas. Rossiyaliklar bizning odamlar. Biroq, rostini aytganda, ularga hozir oz narsa bog‘liq”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus yetakchisi.
Avvalroq Lukashenko Belarus Rossiya tarkibiga kirmasligiga, ikki davlat yagona parlament tashkil etish borasida muzokaralar olib bormasligiga va'da bergan.
Mavzuga oid
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43 / 15.04.2026