Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan 3 erkak taqdirlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqalgandi.
Olmazor tumani Beruniy mavzesidagi uyida qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli bola voqea guvohlari tomonidan qutqarib qolingandi.

Bola xonadon derazasi tashqarisidagi panjaraga osilib turganda qo‘shnilar pastda adyol tortib, uni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Bola jiddiy jarohatlar olmagan va shifoxonaga yetkazilib, tekshiruvdan o‘tkazilgandi.

28 yanvarda Toshkent hokimligi matbuot xizmati bolani qutqarib qolgan 3 erkak “Beruniy-3” mahallasida yashovchi Rihsiboy Sultonov, Mansur Ibrohimov va Ma'mur Ibrohimov ekanini ma'lum qildi.

Jonkuyar insonlarga “fuqarolik burchini teran anglaganlik, mas'uliyatlilik va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari” uchun Toshkent prokurori nomidan minnatdorlik yorliqlari va sovg‘alar topshirildi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
17:43 / 23.06.2026
Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
10:25 / 18.06.2026