O‘zbekistonda Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi
«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etiladi.
Klaster o‘z ichiga quyidagilarni tashkil etishni qamrab oladi:
Farmatsevtika texnik universiteti;
innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi.
Qaror bilan klasterning hamda universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Jumladan, universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.
Qaror bilan klasterni tashkil etish bo‘yicha konsepsiya hamda amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga ko‘ra, klasterni tashkil etishdan maqsad respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini quyidagi uch yo‘nalishda rivojlantirish hisoblanadi:
- farmatsevtika fanini rivojlantirish;
- farmatsevtikada ta'lim tizimini takomillashtirish;
- chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil qilish.
Shuningdek, qaror bilan klasterning vasiylik kengashi hamda Davlat muassasasi shaklidagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direksiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

15:00 / 31.03.2025
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

16:43 / 12.03.2025