"Biz ilgari tuzilgan kelishuvlar va xalqaro huquqning inkor qilinishi sababli Isroil va AQShga Falastin ular bilan hech qanday aloqa qilmasligi to‘g‘risida maktub jo‘natdik", - dedi Abbos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Falastin uchun "endi do‘st emas".
"Men tank sotib olishni emas, kasalxona qurishni ma'qul ko‘raman", - dedi Falastin rahbari.
28 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp "asr kelishuvi" - Isroil va Falastin o‘rtasida tuziladigan kelishuv loyihasini e'lon qildi.
Mahmud Abbos bu rejani rad etdi hamda “asr kelishuvi” to‘g‘ri kelmaydi va xalqimiz uni tarixning chiqindi savatchasiga jo‘natadi”, dedi.











