19:11 / 02.02.2020
5
49647

Maykl Pompeo Toshkentga keldi

Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesini davom ettirayotgan AQSh Davlat departamenti rahbari O‘zbekistonga keldi. U Toshkentga tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 3 fevral kuniga mo‘ljallangan.

Avval xabar qilinganidek, AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Muloqot chog‘ida Vashington shahrida 2018 yil may oyida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston – AQSh sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilinadi, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top