Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Uxandan 18 fuqarosini evakuatsiya qildi
Qirg‘iziston yangi koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 18 fuqarosini evakuatsiya qildi.
Bu haqda respublikaning sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Uxandagi qirg‘izistonliklar 2 fevralda Qozog‘iston ko‘magida dastlab Nur-Sultonga keltirilgan, u yerdan esa maxsus samolyotda Bishkekka yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, barcha keltirilganlar aeroportda tegishli tekshiruvdan o‘kazilib, Bishkek tashqarisida joylashgan shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga karantinga joylashtirilgan.
Shifoxona infeksion xavfsizlikning barcha shartlariga javob beradi va zarur laboratoriya hamda davolash qurilmalari, malakali tibbiy xodimlar bilan ta'minlangan. Evakuatsiya qilingan fuqarolar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Xabarda ta'kidlanishicha, karantin vaqtida Uxandan keltirilganlar bilan faqat tibbiy xodimlar muloqotda bo‘ladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 304 nafarni, kasallanganlar esa 14,4 ming kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, dunyoning 20 ta davlatida qariyb 100 kishi virusga chalingan. JSST koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgan.
Avvalroq ta'kidlanganidek, O‘zbekiston 4-5 fevral kunlari maxsus charter reyslar orqali Xitoy hududidagi, shu jumladan, xavfli koronavirus tarqalgan Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026