Iqtisodiyot | 10:51 / 03.02.2020
21087
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 4 fevraldan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 21,59 so‘mga tushib, 9541,74 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 42,99 so‘mga oshib, 10 584,65 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida rubl kursi 4,69 so‘mga pasaygan va 1 rubl 149,20 so‘mga teng bo‘lgan.

O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 16,28 so‘mga oshib, 9563,33 so‘mni tashkil qilgan, yevro kursi 44,11 so‘mga arzonlab, 10 541,66 so‘mga teng bo‘lgandi.

Mavzuga oid