Sport | 19:56 / 03.02.2020
13445
2 daqiqa o‘qiladi

«Shabab Al-Ahli» Azizjon G‘aniyev transferini e'lon qildi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi hamda Qarshining «Nasaf» klubi futbolchisi Azizjon G‘aniyev legionerga aylandi.

22 yoshli yarimhimoyachi Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabab Al-Ahli» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Shartnoma shartlari va muddati ma'lum qilinmagan.

Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sanalmish ushbu klub «V» guruhida «Paxtakor» jamoasining raqibi sanaladi. Argentinalik mutaxassis Rodolfo Arruabarrena qo‘l ostidagi jamoa 10 fevral kuni 1-tur doirasida Toshkentda mehmon bo‘ladi.

BAA chempionati 15-turidan keyin 36 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan «Shabab Al-Ahli» jamoasi yakshanba kuni so‘nggi tur doirasida «Al-Fujayra» bilan 0:0 hisobini qayd etdi.

Ma'lumot uchun, yana bir hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p surayotgan «Sharja» klubi chempionatda «Shabab Al-Ahli»dan keyingi 2-o‘rinni band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda Azizjon G‘aniyev borasida muzokaralar davom etayotganligi haqida aytgandi.

Mavzuga oid