Suriyada turk harbiylari halok bo‘ldi. Turkiya javob qaytardi
Turkiya Suriya shimoli-sharqidagi Idlib viloyati hududida Suriya hukumati kuchlari tomonidan hujum oqibatida to‘rt nafar turkiyalik harbiy halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani haqida ma'lum qildi. Turkiya hukumatining bayonotiga ko‘ra, javob zarbasi bilan 35 nafar suriyalik askar o‘ldirilgan.

Foto: EPA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakati turkiyalik askarlar o‘limi uchun javob choralari qo‘llanishi davom etishini ma'lum qildi. U dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning «intensiv zarbalari» oqibatida 30-35 nafar suriyalik yo‘q qilinganini ma'lum qilgan. «Biz bu hujumga javob qaytardik, artilleriya va minomyotlarimiz orqali javob qaytarishda davom etamiz. Biz mamlakatimiz va Idlibdagi birodarlarimiz xavfsizligi uchun amaliyotlarni qat'iylik bilan davom ettiramiz», - deya Erdo‘g‘anning bayonotini keltirmoqda Reyter agentligi.
Raisi Erdo‘g‘an bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Umar Chelik endilikda Suriya harbiylari Turkiya uchun qonuniy nishonga aylanganini ma'lum qilgan. «Bu rejim qurolli kuchlarimiz va postlarimizga hujum qilganidan keyin biz Rossiya ularni himoya qilmasligini kutamiz», - degan u Turkiyadagi Si-en-en efirida.
Suriyada turklarning kuzatuv postlari 2017 yilda Rossiya, Turkiya va Eron o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq tuzilgandi.
O‘z navbatida rossiyalik harbiylar Turkiya harbiy xizmatchilari terrorchilar tomon otilgan o‘qlar ostida qolishganini bildirishgan.
«2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi turk harbiy bo‘linmalari Rossiya tomonini ogohlantirmasdan Idlibning ichkari hududi tomon harakatlandi va Suriya hukumatining Serakab punktidan g‘arbdagi hududda joylashgan terrorchilarga qarata bergan zarbasiga nishon bo‘lishdi», - deyiladi Suriyada urushayotgan tomonlarni yarashtirish Rossiya markazi bayonotida.
«Turkiya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya davlat chegarasini buzib o‘tmagan, Suriya harbiylari pozitsiyalariga hujum qayd etilmagan», - deya qayd etilgan rossiyalik harbiylar bayonotida.

Turkiya Idlibdagi harbiylari qurolli to‘qnashuvlarning oldini olish uchun kelishuv bo‘yicha joylashtirilganini bildirgan.
Reyter nashrining xavfsizlik xizmatidagi manbasi aniqlik kiritishicha, turkiyalik harbiylar Idlibdan 15 kilometr sharqda Serakab tumani hududida halok bo‘lishgan.
So‘nggi tayanch
Idlib provinsiyasi Suriyadagi ayirmachilarning so‘nggi tayanchi hisoblanadi. Turkiya va Suriya prezidenti Bashar Asadning asosiy ittifoqchisi bo‘lmish Rossiya o‘rtasida 2018 yili Idlibni deeskalatsiya zonasiga aylantirish bo‘yicha kelishuv tuzgan. Kelishuv shartlari buzilgan.
Avvalroq Erdo‘g‘an Rossiyani kelishuvning bu hududdagi harbiy harakatlarni kamaytirish bo‘yicha qismiga amal qilmaslikda ayblagandi.
«Afsuski, Rossiya na Ostona, na Sochi kelishuvlariga amal qilmoqda. Biz shu vaqgacha kutdik, ammo endi o‘z kuchlarimiz bilan harakat qilmoqchimiz. Bu tahdid emas, Rossiya rejimga [Suriyaga] kerakli ogohlantirish berishini kutayotganimizdir», - degan turklar prezidenti.
Moskva juma kuni bunday ayblovlarni inkor qilgandi. «Biz o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarimizga sodiqmiz», - degan Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova.
Yakshanba kuni Turkiyaning 200ta zirhli harbiy texnikasi Suriya hududiga kirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yil boshida Suriya armiyasi Rossiya hamkorligida bostirib kelishi tufayli Idlibdan minglab odamlar qocha boshladi. Tinch aholi vakillari Turkiya chegaralari tomon harakatlangan.
Turkiya Idlibdan yangi qochqinlar oqimi yuzaga kelishidan xavfsiramoqda, ayni vaqtda mamlakat hududidagi suriyalik qochqinlar soni 3,6 milliondan ortadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24
-
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi
Jahon | 22:02
-
Yelisey saroyi Makron ishtirokidagi videoga izoh berdi
Jahon | 21:30
-
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
Jahon | 21:23
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

16:44 / 02.05.2025