Toshkent va Xorazmda hindistonlik shifokorlardan bepul tibbiy maslahatlar tashkil etilmoqda
Fevral oyining ilk haftasida Hindistonning mashhur «Fortis» klinikasi shifokorlari O‘zbekistonda bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishadi.
Xorijlik malakali vrachlar 6-7 fevral kunlari Toshkentdagi «Darmon-servis» klinikasida, 8 fevral kuni esa Xorazm viloyati, Urganch shahridagi «Nano diagnostic» klinikasida sog‘lig‘idan shikoyat qilayotganlar uchun maslahat tashkil etishadi.
Quyidagi shifokor-mutaxassislar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, maslahatlar berishadi:
- Neyrojarroh;
- Nefrolog;
- Onkojarroh.
Ko‘rik davomida turli navbatlarning oldini olish maqsadida telefon orqali navbatga yozilish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shuningdek, shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, Hindistonga borib davolanish istagini bildiruvchilar bo‘lsa, «Darmon servis» klinikasi ularga viza va aviabilet masalalarida yordam beradi, tarjimon xizmati, kuzatish va kutib olishning bepul bo‘lishini ta'minlaydi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy!
Toshkent shahrida:
Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 18/19 uy. («Darmon servis» klinikasi)
Mo‘ljal: Chilonzor tumani IIB.
Murojaat uchun telefonlar: +99897 7485544, +99899 8075544
Xorazm viloyatida:
Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi, 13-B uy. («Nano diagnostis» klinikasi)
Murojaat uchun telefonlar: +99890 6492222, +99895 6061003
Reklama huquqi asosida