Hujjat Prezidentning 16.08.2019 yildagi PQ-4420-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma. 

Unda 2019-2023 yillarda qorakölçilik sub'yektlariga yetiştirilgan va eksportga sotilgan har birlik mahsulot uçun Davlat budjeti mablağlari hisobidan subsidiyalar ajratilişi nazarda tutilgan:

qoraköl terisi uçun – 50 ming sömdan;

qorakölça (vaqtidan oldin tuğilgan qorakölçalar terisi) terisi uçun 75 ming sömdan.
 
Qoraköl terisini özida yetiştirmasdan boşqa qorakölçilik sub'yektlaridan xarid qilgan yoki ularni eksportga yönaltirmagan qorakölçilik sub'yektlariga subsidiya ajratilmaydi.
 
Subsidiya oliş uçun Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga belgilangan şaklda ariza topşiriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

tuman statistika bölimi tomonidan berilgan mavjud qoraköl qöylar boş soni va yetiştirilgan qoraköl va qorakölça teri soni töğrisida ma'lumotnoma;

eksport şartnomasi hamda eksportga yuborilgan mahsulotlar uçun hisob-faktura hujjatlari nusxalari;

tovar eksport qilganligi töğrisida bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.
 
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi arizani kelib tuşgan sanadan boşlab 3 iş kuni içida körib çiqadi hamda natija ijobiy bölsa, ariza beruvçiga tegişli xabarnomani yuboradi. Bir vaqtning özida Moliya vazirligiga subsidiya beriş töğrisida buyurtmanoma taqdim etiladi, Vazirlik 1 iş kuni içida buyurtmanomada körsatilgan mablağlarni Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasining maxsus şaxsiy ğazna hisobvarağiga ötkazib beradi. Uşbu mablağlar yana 1 iş kuni içida qorakölçilik sub'yektlarining tijorat banklaridagi hisobraqamiga ötkazib beriladi.  
 
Moliyaviy yil yakunlariga köra foydalanilmagan, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasining hisobraqamida qolib ketgan mablağlar Davlat budjetiga qaytariladi.
 
Qorakölçilik sub'yekti belgilangan şartlarga mos kelmaganda, şuningdek soxta yoki notöğri ma'lumotlar mavjud hujjatlar taqdim etilganda subsidiya ajratilişi rad etiladi.