O‘zbekiston | 23:04 / 05.02.2020
11940
4 daqiqa o‘qiladi

Qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibi joriy etiladi - Prezident qarori

2020 yilning 1 aprelidan boshlab qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash obektlari uchun xavf-xatarlar toifalari va obektlarning funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibini joriy etiladi.

Bu — Prezidentining 5 fevral kuni imzolangan «Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida​»ga qarorida o‘z aksini topgan.

Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Obektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma'muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

·       obektlarning loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishga, obektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qo‘yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

·       qurilish yakunlanganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan obektning qurilish sohasiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazishni joriy qilgan holda, xavf-xatar toifasi past va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi obektlari uchun loyiha hujjatlari ekspertizasi, mualliflik nazorati va davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha majburiy talablarni bekor qilish;

·       O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar inspektorlariga, shuningdek, xavf-xatar toifasi yuqori bo‘lgan obektlarda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarga qo‘yiladigan malakaviy talablar va ularning javobgarligini kuchaytirish;

·       «Qurilishdagi nazorat» quyi tizimini 2020 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirgan holda, 2020 yil davomida «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, elektron hujjat almashinuvini bosqichma-bosqich joriy etish.

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarga davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

·       bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta'sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlangan holatlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish;

·       yuridik va jismoniy shaxslarga obektdagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, biroq 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

·       loyihalashtirish va qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;

·       obektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta'sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qo‘llanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarish, sotish va qo‘llashni to‘xtatib turish haqida tegishli organ va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish. 

Mavzuga oid

E`lonlar