Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusni to‘xtatuvchi dorilar to‘plami topilgani ma'lum qilindi
Xitoylik olimlar abidol va darunavir dori vositalarining birgalikda qo‘llanishi laboratoriya tajribalarida yangi koronavirusni to‘xtatishi mumkinligini ma'lum qilishdi.
Bu haqda xitoylik epidemiolog olim Li Lanszyuan ma'lum qildi. Uning aytishicha, abidol va darunavir dori vositalari shuningdek Chjetszyan provinsiyasida koronavirusga chalinganlarni davolashda qo‘llangan.
Olimning ta'kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanayotgan OIVdan dori vositasi uncha samarali emas va ikkilamchi oqibatlarga olib keladi. U abidol va darunavirni virusga qarshi qo‘llashni Salomatlik bo‘yicha milliy komissiyaga tavsiya qilishini aytgan.
Li ushbu dorilarni koronavirusga faqatgina shifokorlar ko‘rsatmasi bilangina qo‘llash kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Abidol viruslarga qarshi, darunavir esa OIV/OITSda qo‘llanuvchi retrovirusga qarshi dori vositasi hisoblanadi.
Avvalroq Tailandda OITSga qarshi «Lopinavir / Ritonavir» va grippga qarshi «Oseltamivir» dori vositalarining birgalikda qo‘llanishi koronavirusga chalingan bemorni davolashda samara bergani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026