Xomligicha yeyish taqiqlangan 8 mahsulot
Siz, albatta, xom go‘sht va tuxumni tanovul qilmaslik kerakligini yaxshi bilasiz. Ammo bular issiqlik orqali ishlov berilmasdan iste'mol qilib bo‘lmaydigan yagona mahsulotlar emas. Sizning ratsioningizdagi yana bir necha narsalarni har qanday holatda ham xomligicha yeyish man qilinadi.
1. Kartoshka
Ha, sellyulozaga o‘ta boy bo‘lgan ushbu ekin mahsuloti xomligicha tanovul qilinmasligi kerak. Kartoshka oshqozon shishi va oshqozon-ichak trakti buzilishi muammolarini chaqiradi, chunki unda kraxmal bor. Bu ham yetmagandek, agar u uzoq vaqt davomida nam va issiq joyda saqlansa, u yashillashadi va o‘zida ovqatdan zaharlanishga sabab bo‘luvchi solanin nomli toksinlar paydo bo‘lishini rivojlantiradi.
2. Fasol
Barcha dukkaklilar kabi loviya ham juda foydali mahsulot, ammo xom holatida xavf solishi va oshqozonni shikastlashi mumkin. Fasol ham sellyuloza, oqsil va antioksidantlarga boy, shuning bilan bir qatorda uning tarkibida oshqozon-ichak traktida qiyinchilik va xuddi ovqatdan zaharlanishnikiga o‘xshash alomatlar chaqiruvchi zararli fitogemagglyutinin moddasi bor. Fasolni tanovul qilishdan avval 10 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish shart.
3. Sosiskalar
Ushbu taomni ozuqaviy deb bo‘lmaydi va ularni xomligicha yeyish tavsiya qilinmaydi. Ular allaqachon xavfsizlantirilgan va shundoq qadog‘idan ochib tanovul qilinishga tayyor, deb o‘ylamang. Katta xato qilasiz! Bu kabi qadoqlangan sosiskalarda listeriya bakteriyalari mavjud bo‘lishi mumkin, ulardan esa faqatgina sosiskani qaynatish yo‘li bilan xalos bo‘lish mumkin.
4. Sut
Xom sut qanday xavf tug‘dirishi mumkin? Agar u pasterizatsiya qilinmasa, o‘zida zararli moddlar, masalan, salmonella saqlaydi. Qaynatilmagan sut oshqozon-ichak trakti kasalliklarini barcha sut mahsulotlariga nisbatan 10 barobar ko‘p chaqiradi.
5. Urug‘lar
Urug‘lar juda foydali oziq! Nimasi xavfli? Gap shundaki, ular tarkibida ham ichak tayoqchasi, salmonella va listeriya kabi zararli bakteriyalar mavjud bo‘lishi mumkin. Urug‘lar bakteriyalar juda faol ko‘payadigan issiqlik va namlikda o‘sadi.
6. Achchiq bodom
Ushbu quruq meva sog‘liq uchun juda foydali, ammo tarkibida sianid kislotasi, ya'ni suv va vodorod sianidining xavfli birikmasi mavjud. Ushbu yong‘oqning atigi 70ta xom donasi odamni o‘ldirishi mumkin. Yaxshiyamki, ular qovurish orqali xavfsizlantirish imkoni bor. Aytgancha, bodom ekstrakti va bodom likerlariga ham ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling.
7. Un
Oldindan issiqlik bilan ishlov berilmagan undan tayyorlangan taom muammolarga olib kelishi mumkin. Bug‘doy shaklidan supermarketning tokchasiga «sayohat» paytida un faqat isitish orqali yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan turli patogenlar bilan aloqa qilgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, idishda qolgan shirin xamir qoldiqlarini og‘izga solmang.
8. Baqlajon
Xom baqlajonda kartoshkadagi kabi solanin toksini mavjud. Bu, ayniqsa yosh baqlajonlarda juda ko‘p va xomligicha ta'mini tatib ko‘rish istagi sizni oshqozon-ichak muammolariga yetaklashi mumkin. Bundan tashqari, ba'zi odamlarda hatto oz miqdordagi xom baqlajonga allergik reaksiya hosil bo‘ladi.