Uxandagi koronavirus haqida birinchi bo‘lib xabar qilgan shifokor vafot etdi
Xitoyning Uxan shahridagi koronavirus haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan va buning uchun yolg‘on ma'lumot tarqatishda ayblangan oftalmolog shifokor Li Venlyan vafot etdi. Shifokor ham koronavirusning qurboniga aylandi.
34 yoshli Li Venlyan Uxanning markaziy shifoxonasida ishlagan. U Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 11 yanvarda unda yo‘tal va yuqori tana harorati paydo bo‘lganini yozgan. Shifokor o‘zining 1 fevraldagi so‘nggi xabarida koronavirusga chalingani tasdiqlanganini ma'lum qilgan.
2019 yil 30 dekabrda shifokor WeChat ijtimoiy tarmog‘i orqali hamkasblariga Uxandagi Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida atipik zotiljamga (SARS) uchrash bo‘yicha 7 ta holat tasdiqlanganini yozgan. O‘shanda Li kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi shtammi ekanini bilmagan. Lining bu xabari ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib ketgan, chunki odamlar SARS qaytishidan qo‘rqqanlar.
Keyingi kuni Li va avj olayotgan epidemiya haqida boshqalar bilan bo‘lishgan yana 7 shifokor politsiyaga chaqirtirilgan. Ularga ogohlantirish qilinib, jamoat tartibiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday “yolg‘on xabarlar”ni boshqa tarqatmaslik talab qilingan.
Biroq Xitoy hukumati 31 dekabrdayoq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Uxanda noma'lum turdagi zotiljam avj olayotganidan ogohlantirgan. Mutaxassislar bu zotiljam 2019-nCoV koronavirusi bilan chaqirilishini aniqlashgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 563 nafarni, kasallanganlar 28 mingdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
Jahon | 08:27
-
O‘zbekistondagi ko‘p qavatli uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 08:14
-
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
Jamiyat | 07:40
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021